Raqamli texnologiyalar maktabi School 21 vakillari bilan suxbat tashkil etildi

TATU Farg‘ona filialida Raqamli texnologiyalar maktabi School 21 dasturlash bo‘yicha bepul ta’lim imkoniyatlari haqida tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda talaba yoshlar Java, Python, Swift kabi talab yuqori bo‘lgan dasturlash tillarini o‘zlashtirishingiz, shuningdek GameDev, mobil ishlab chiqish, mashina tilida o‘rganish va boshqa sohalarda dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi.

Maktabda o‘qish xalqaro metodologiya asosida 1,5 yildan 3 yilgacha davom etadigan  va TBC, Payme, BRB hamda boshqa shu yirik kompaniyalarda haq to‘lanadigan majburiy amaliyotni o‘z ichiga olayotgan tadbirlarni o‘tkazilishda filial Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik xotin-qizlar dekan maslahatchisi Z.Ermatova va filial iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshligi Sh.Ergashevalar faol ish olib bormoqdalar.