Sakurai Akixiro TATU Fargʻona filialiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirining yaponiyalik investisiya va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Sakurai Akixiro TATU Fargʻona filialiga tashrif buyurdi.

TATU Fargʻona filialimizda Raqamli texnologiyalar vazirining yaponiyalik investisiya va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Sakurai Akixiro TATU Farg‘ona filialida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlari jarayonlari bilan tanishdi.

Jumladan, ilg‘or muhandislik maktabi, talabalarga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy Registrator ofisi, axborot-resurs markazi, talabalar turar joyi va Murakkab jarayonlarni modellashtirish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdi.