Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Polvonov TATU Farg‘ona filiali talabalari turar joylari bilan tanishildi, ushbu maskanda yashovchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Shuningdek, yotoqxonalarda yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy muhitni yaxshilash, talabalar kundalik hayoti, o‘qish va ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlarni yanada rivojlantirish borasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Talabalar manfaatlarini himoya qilish va ularning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun dolzarb vazifalar belgilandi, va bu masalalar bo‘yicha mas’ullar tayinlandi.
Talabalar bilan ushbu ochiq muloqot ularning fikr va mulohazalarini tinglash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ldi.