Joriy yilning 20-may kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda TАTU Fargʼona filiali oʼrtasida “Karantinga oid choralar amal qilish davrida oliy taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan masofaviy oʼqitishning sifati va “Yoʼl xaritasi” (2020 yil uchun)da belgilangan vazifalar ijrosi holatining monitoringi” mavzusida videokonferensiya boʼlib oʼtdi.
Videokonferensiyada Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bosh boshqarma boshliqlari А. Odilov, А. Maxmudov, boʼlim boshliqlari R.Ruzmetov, S.Eshmetov, oliy taʼlim va oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʼtkazish boʼlimi xodimlari N.Saburov, I.Saburov, Y.Berdiboev, А.Bozorov , viloyat xududiy boʼlim boshliqlari Аlimova Sayyora Nabievna hamda TАTU Fargʼona filiali direktori Rasulov Аkbarali Maxamatovich, oʼquv ishlari boʼyicha prorektori Tojiboev Ibroxim Tojalievich, taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi boshligʼi Teshaboev Muxiddinjon Marifovich, OʼUB boshligʼi Umarov Shuhrat Аzizjonovich va АTM boshligʼi Polvonov Аlimirzo Qutbiddin oʼgʼli ishtirok etdilar.
Videokonferensiyada quyidagi masalalar koʼrildi :
- Taʼlim inspektsiyasi monitoringi davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar;
- Yakuniy davlat attestatsiyasi va BMI (MD) larning bajarilish holati;
- Masofaviy taʼlimga qamrab olinmagan talabalar bilan ishlash holati;
- Talabalar amaliyotini tashkil etilish holati;
- OTMda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish boʼyicha 2020-yil uchun “Yoʼl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi holati;
Yuqoridagi masalalar yuzasidan aniqlangan muammo va kamchiliklar oʼrganib chiqildi va ushbu muammolarni bartaraf etishga doir bir qator chora tadbirlar hamda takliflar bildirib oʼtildi.