TATU Farg‘ona filiali Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida o‘tkazilgan tadbir, mazmunli va qiziqarli tashkil etildi.
Tadbirda 17 nafar ustozlar va 50 dan ziyod talabalar faol ishtirok etdilar. Dasturdan ko‘zlangan maqsad talabalarning pazitiv kayfiyatini yanada ko‘tarish va IQ darajasini oshirishdan iborat edi.
Bu maqsadga erishishda mantiqiy va blitz savol-javoblar, bajarilishi murakkab lekin xavfsiz bo‘lgan o‘yinlarda foydalanildi. Oraliq tanaffus vaqtida ijodkor talabalar tomonidan badiiy ijod na’munalari taqdim etildi.




