Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “TATU-BABM OPEN CHALLENGE” respublika ko’rik-tanlovi tashkil etilgan edi! (https://t.me/Barkamolbolalarmaktabi/5597)
☝️Farg’ona viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktablari mazkur challengeda faol ishtirok etdi!
➡️Ko’rik-tanlov Texnika, konstruktorlik va modellashtirish yo’nalishida o’tkazilmoqda.
Tanlovning viloyat bosqichi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Farg’ona filiali va Farg’ona viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida tashkil etildi va viloyat bosqichidagi yakuniy natijalarga ko’ra:
3-o’rin Farg’ona tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi;
2-o’rin O’zbekiston tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi;
1-o’rin Quva tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi.
✅ Ko’rik-tanlovdan asosiy maqsad, o’quvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, innovatsion g’oyalarini namoyon etishda imkoniyatlar yaratish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
🔊Barchani “TATU-BABM OPEN CHALLENGE”da faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!