TATU Farg‘ona filiali dual ta’lim tizimi amalda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali va Farg‘ona shahridagi Avtooyna avtomobil oynalari zavodi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Ushbu memorandum asosida, Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakulteti talablarini bitiruv oldi amaliyotlarini olib borish hamda dual ta’lim tizimini joriy etish maqsadida fakultet jamoasi va Avtooyna xodimlari o’rtasida ZOOM platformasi orqali uchrashuv tashkil etildi.

Dual ta’lim — bu ta’lim jarayonining nazariy bilimlar bilan birga amaliyotga asoslangan yondashuvi bo‘lib, talabalar nafaqat darslarda, balki haqiqiy ish joylarida ham o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.