TATU Farg‘ona filiali talabalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sovrindorlari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-son qaroriga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega, jamoat ishlarida faol, tashabbuskor va intiluvchan talabalarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan.

Bu yil 9 nafar TATU Farg‘ona filiali talabalari ushbu nufuzli stipendiyani qo‘lga kiritdi! Talabalar 2024-yil sentabr oyidan 2025-yil iyun oyigacha (10 oy) davomida, Universitet huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oyda oylik stipendiya olishadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya har bir talaba uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 barobari miqdorida to‘lanadi.

Bu yutuq, TATU Farg‘ona filialining ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot sohasidagi muvaffaqiyatlarini yana bir bor tasdiqlaydi.

Tabriklaymiz va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ishonch bildiramiz!