Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga Vengriya Respublikasining “ARChENERG” kompaniyasi a’zosi, maslahatchi Sh.Lakatosh va xalqaro biznes maslahatchi I.Szok tashrif buyurdi.
Tashrif mobaynida xalqaro aloqalar va talabalar almashinuvi, professor-o’qituvchilarni ilmiy stajirovkalarga yuborish masalalarida olib borilayotgan ishlar doirasida suhbatlashildi. Shuningdek, suhbat davomida “ARChENERG” klasteriga a’zo bo’lish, klaster tarkibidagi reytingi yuqori universitetlar bilan ilmiy stajirovkalar, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi hamda o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.