TATU Farg’ona filialida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida «Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!» g‘oyasini mujassam etgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish maqsadida Toshkent Yuridik universitetining «Targ‘ibot poezdi» loyihasi a’zolari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda talabalarga Konstitutsiyadagi yangi o’zgarishlar haqida suhbat o’tkazilib, qisqa savol-javoblar tashkil etildi. Faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg’alari topshirildi.