Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich hamda filial jamoasi Mirzaakbar Nurmatovni Qo‘qon davlat universiteti moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlanishi bilan tabriklab, yangi ish joyiga kuzatib qoldilar.
Tadbirda Mirzaakbar Nurmatov o‘zining samimiy so‘zlari bilan TATU Farg’ona filiali ustozlari va jamoasiga minnatdorchiligini bildirib, bundan buyon hamkorlikda yangi yuksak natijalarga erishish umidini bildirdi.
🤝 Mirzaakbar Nurmatovga yangi lavozimida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! Yangi mas’uliyatli ishida yuksak marralarni zabt etishiga ishonchimiz komil.




