🚀 Joriy yilning 16-17-mart kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TUIT CUP-2023 sport dasturlash bo‘yicha ochiq chempionat bo‘lib o‘tdi.
💻 Ushbu chempionatda filialimiz talabalaridan 4 nafari (650-20 Valiyev Bekzod, 640-20 Olimov Fayozbek, 650-20 Najmiddin G‘iyosiddinov, 610-21 Baxromov Saidmirza) ishtirok etib, ulardan 3 nafari 6-aprelda Belorussiyada bo‘lib o‘tadigan yarim final bosqichida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi.

