«Job Fair 2024» da nafaqat mahalliy kompaniyalar, balki 3 ta xorijiy kompaniya ham ishtirok etib, talabalar uchun yangicha istiqbol va yangi imkoniyatlar ochdi.
Yarmarkada Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan jami 35 ga yaqin soha korxonalari va IT-kompaniyalari ishtirok etdi. Ular o‘zlarining 567 ta vakansiyalari hamda 473 ta stajirovka va amaliyot dasturlarini taqdim etishdi, bu esa talabalarga rivojlanish va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
«Job Fair 2024» da soha-korxonalar hamda IT kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan vakansiyalar bo‘yicha 30 nafarga yaqin talabalar ishga joylashishdi, 375 nafarga yaqin talabalar bilan amaliyot o‘tash bo‘yicha kelishuvga erishildi, 23 nafarga yaqin talabalar haq to‘lanadigan stajirovkaga yo‘naltirildi.