2020/2021-o’quv yili uchun Vazirlik stipendiyasiga Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari talabalari va o’quvchilarining hujjatlari 2020-yil 7-21-dekabr kunlari Vazirlikning rasmiy veb-sayti (https://mitc.uz/uz/conference/grant/mitc) orqali onlayn qabul qilinadi.
Vazirlik stipendiyasi o’qishda, ilmiy izlanishlarda, ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatlarga erishgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va uning filiallari, Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti bakalavriatura talabalari va TATU qoshidagi akademik litseylarning o’quvchilari uchun Vazirlik Tarmoq ilmiy-texnik kengashi qarori asosida Vazirlikning buyrug’iga muvofiq tayinlanadi.