Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori Farrux Muhammadovich boshchiligidagi delegatsiya Vengriya Xalq Respublikasining Szeged shahriga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifdan ko’zlangan maqsad “ArchEnerg” klasteri bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim talablarini amalga oshirish, xorijiy ilmiy rahbarlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ilmiy-tadqiqot institutlarini yaratish kabi ustuvor masalalar bo‘yicha kelishuvlarga erishishdan iboratdir.
Vengriya Xalq Respublikasining Seged shahrida joylashgan Archenergo xalqaro qayta tiklanuvchi energiya va qurilish innovatsiyalari klasteri va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali bilan hamkorlikda delegatsiya a’zolarining Chongrad-Csanad okrugi hukumati idorasining “Chongrad” zalida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
📑 Ushbu uchrashuv www.archenerg.eu sahifasida maqola chop etildi.