TATU Farg’ona filialida “Aniq va tabiiy fanlarni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni: muammo va innovatsion yechimlar” mavzusida I xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Rossiya, Qirg‘iziston, Vengriya, Pokiston, Malayziya kabi davlatlarning yetakchi olimlari va tadqiqotchilari, shuningdek, mahalliy professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar ishtirok etishdi.
Ma’ruzalar davomida raqamli texnologiyalarning fan va ta’lim sohasidagi ahamiyati, samaradorlikni oshirish, innovatsion g‘oyalar va loyihalarni amaliyotga joriy etish haqida fikrlar bildirildi.
Kunning ikkinchi yarmida konferensiya bir nechta sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi va ishtirokchilar mavzular bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdi.