Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali TT va KT fakulteti jamoasi va talabalari o’rtasida filial psixologi N. Mo’minova (https://t.me/tatuffpsixologbot) hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi G. Sadikova hamkorligida “Yashash uchun 1000 sabab” treningi o’tkazildi.
🟢Trening xodimlardan tortib, talabalarga qadar keng qiziqish bilan qabul qilindi.
🟢Treningda barcha faol qatnashdi va insonlarni hayotga qarashini, dunyo go’zalliklaridan bahramand bo’lishni, doimo yaxshilik umidida yashash kerakligini chuqur his ettira oldi.