“Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasidagi profilaktik tadbir uyushqoqlik bilan bo’lib o’tdi

TATU Farg’ona filiali 1-sonli talabalar turar joyida  “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasidagi profilaktik tadbir uyushqoqlik bilan bo’lib o’tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Bayoni talablariga muvofiq, 2024-yilning 15-noyabr kunidan, 15-dekabr kuniga qadar yurtimizda “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilmoqda.
TATU Farg‘ona filiali va Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda 1-sonli talabalar turar joyida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar sodir bo‘lganda to’g’ri harakat qilish mavzusida o’quv mashg‘uloti o‘tkazildi.