“Yosh olimlar ligasi” loyihasi doirasida Global munosabatlar nazariyasi: Yoshlarning taraqqiyot gʻoyalari nomli republika ilmiy-amaliy konferensiyasi bolib otdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi Fargona viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Yosh olimlar ligasi” loyihasi doirasida Global munosabatlar nazariyasi: Yoshlarning taraqqiyot gʻoyalari nomli republika ilmiy-amaliy konferensiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida bolib otdi.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada “Yosh olimlar ligasi” loyihasi ishtirkochlilari hamda Respublikamizning turli hududlarida tahsil oluvchi talaba yoshlar oz maqolalalri bilan ishtirok etdilar. Konferensiyada 5 ta yonalish ya`niy:
1.Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-fuqarolik yoʻnalishi;
2.Atrof-muhit muhofazasi, yashil iqtisodiyot va demografiya;
3.Ilm-fan va taʼlim masalalari;
4.Aholi salomatligi va sog’liqni saqlash (tibbiyot) masalalari;
5.Texnik-muhandislik va axborot texnologiyalari.

Kabi yonalishlarda eng yaxshi maqolalar aniqlanib, golib va sovrindorlarga tshakkurnoma, sertifikatlar berildi.
Golib va sovrindorlarni aniqlash maqsadida OzLiDeP Fargona viloyat Kengashi hamda hamkor oliy talim muassasalari professor oqituvchilaridan iborat Konferensiya hayati tuzilgan bolib, hayat azolarining xulosasiga kora
Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-fuqarolik yoʻnalishi boyicha; Farg’ona davlat universiteti talabasi ➖Mutаllibov Nаzirillo Mirzаbаhrom o‘g‘li “O‘zbekistondа Ishsizlik Dаrаjаsini Pаsаytirish Chorа-Tаdbirlаri” maqolasi uchun Atrof-muhit muhofazasi, yashil iqtisodiyot va demografiya yonalishi boyicha; Qo‘qon universiteti talabasi

➖Umurzoqov Saidazimxon Xursand o‘g‘li “O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish yo‘llari’’ nomli maqolasi uchun Ilm-fan va taʼlim masalalari yonalishi boyicha; Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabasi

➖G’anieva Soxiba Turg’unbayevna “Ta’limda zamonaviy texnologiyalar va sun’iy inteltektning qo’llanilishi” maqolasi uchun Aholi salomatligi va sog’liqni saqlash (tibbiyot) masalalari yonalish boyicha; “Kokand University” Andijon filiali talabasi

➖Zo‘xriddinova Nigoraxon Nozimjon qizi “Tibbiyotda deontologiya va ahloqiy qoidalar” maqolasi uchun Texnik-muhandislik va axborot texnologiyalari yonalishi boyicha; Farg'ona politexnika instituti talabasi

➖Mahammadjonov Qudratbek “Oʻzbekistonda energetika tizimining hozirgi holati Elektr energiyasining sifati” maqolasi uchun golib deb topildilar

Konferensiya yakunida “Yosh olimlar ligasi” loyihasi ishtirkochilari hamda Konferensiyada oz maqolasi bilan ishtirok etgan talaba yoshlar O‘zLiDePning tashakkurnoma, sertifikat hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

O‘zLiDeP Farg’ona viloyat Kengashi