“Yosh tomoshabinlar” drama teatri to‘garagi hamda “Yosh ijodkorlar badiiy havaskorlik jamoasi” ning hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

TATU Farg‘ona filialida tashkil etilgan “Yosh tomoshabinlar” drama teatri to‘garagi hamda “Yosh ijodkorlar badiiy havaskorlik jamoasi” ning hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Tolipov, direktor maslahatchisi A.Usmonov, Farg‘ona shahar madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 2-son Madaniyat markazi rahbar- xodimlari hamda filial o‘qituvchi-xodimlari, fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda yoshlar qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib sahna asarlari, tomoshalar hamda kuy-qo‘shiq, raqs ijro etildi.