Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi sirtqi ta’lim talabasi Islomjon Muhammadjonov “Yoshlar forumi — 2024” doirasida yurtimizning faol, iste’dodli va tashabbuskor yoshlari uchun e’tirof marosimi sifatida “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni taqdirlash tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu mukofot milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar asosida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik va fidoyilik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz nufuzi va obro‘sini oshirishga ulkan hissa qo‘shayotgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida beriladi. Shu munosabat bilan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, namunali faoliyat ko‘rsatgan bir guruh yoshlar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.