“Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida Zakovat intelektual musobaqasini

NIZOMI

“Zakovat” intellektual o‘yini – jamoaviy musobaqa bo‘lib, unda jamoalar o‘ynalishi belgilangan vaqt doirasida savollarga javob berish bo‘yicha musobaqalashadi. O‘yin davomida jamoalarning maqsadi raqib jamoalarga qaraganda ko‘proq savollarga javob berishdir.

Tanlov tashkilotchilari: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo`limi, Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, tyutorlar.

  1. Tanlovda o‘z arizasini topshirgan va 4 nafardan iborat (4 nafar asosiy) tarkibda ko‘ngilli yoshlar jamoalari ishtirok etishlari mumkin.
  2. Tanlovda barcha jamoalari ishtirok etishlari mumkin.
  3. Ariza va jamoalar tarkibi 4 nafardan iborat (4 nafar asosiy, 1 nafar zaxira) ko‘rinishda yuborilishi lozim.
  4.  Jamoa a’zolarini belgilangan vaqtda belgilangan joyda bo’lishlarini taminlash jamoa sardori masul hissoblanad.
  5. Tanlov davomida jamoaning asosiy tarkibida ko‘pi bilan 6 nafar, kamida 5 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin.

Savol-javob jarayoni

  1. Savollar o‘zbek tilida, mantiqiy mazmunga ega, xalqaro standartlariga javob beradigan ko‘rinishda bo‘ladi.
  2. Jamoalarga bir paytda bir xil savol beriladi, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blankalariga yozib berishlari lozim bo‘ladi. Maxsus javob blankaning yuqori qismida albatta jamoa nomi, savol raqami ko‘rsatilishi kerak. Ushbu ma’lumotlar hamda jamoaning javob varianti maxsus javob blankaning bir tomonida bo‘lishi kerak.
  3. Bir savolni o‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Boshlovchi 50 soniya bo‘lganda vaqt tugashiga 10 soniya qolgani xaqida ogohlantiradi.
  4. 1 daqiqa vaqt tugagach, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blanklariga yozishlari uchun yana qo‘shimcha 10 soniya beriladi. Bunda boshlovchi 10 dan 1 gacha ovoz chiqarib sanaydi.
  5. Jamoalar savol berilib, “vaqt ketdi” ishorasi bildirilgan so‘ng jami 1 daqiqayu 10 soniya ichida javob variantlarini yozib, maxsus javob blankani baland ko‘targan holda turishlari lozim.
  6. Jamoalarning javob variantlari oldindan maxsus tayinlangan sekundantlar tomonidan yig‘ib olinadi va xisob-komissiyasiga topshiriladi. Javob blankalarini jamoa a’zolari tomonidan mustaqil olib kelinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  7. O‘z vaqtida javob blankasini ko‘tarishga ulgurmagan jamoaning javobi qabul qilinmaydi. Bunda jamoaning javobi garchi to‘g‘ri bo‘lsa ham, ochko berilmaydi. Kechikkan jamoaning javob blankasiga kechikkanligi to‘g‘risida maxsus belgi qo‘yiladi.
  8. Javob varianti tushunarli xusnixat bilan yozilgan bo‘lishi va aniq javobni ko‘zlashi lozim. Mantiqiy tugallanmagan javob varianti qabul qilinmaydi.
  9. Javob blankasida faqat 1 ta javob varianti aks etishi lozim. Ikki yoki undan ortiq variand yozilgan javob variandlari, garchi ulardan biri to‘g‘ri bo‘lsa ham, qabul qilinmaydi va jamoaga ochko berilmaydi.
  10. Ustiga chizilgan, ustidan bo‘yalgan yoki qavsga olingan javob variandlari xisobga olinmaydi
  11. Jamoalar tanlov davomida qo‘shimcha manbalardan (telefon, planshet, shpargalka va x.k.) foydalanishi taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday xolat aniqlangan taqdirda jamoa a’zolari to‘liq tarkibi bilan tanlovdan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor kilinadi.
  12. Jamoa a’zolari savollarga javob izlash jarayonida ularga chetda turgan tomoshabinlar yoki boshqa shaxslar tomonidan javob variandlarini aytish qat’iyan taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday xolat aniqlangan taqdirda javob variandini aytishga o‘ringan tomoshabin tanlov o‘tayotgan binoxududidan chiqarib yuboriladi, javob varianti aytilgan jamoaning esa ushbu savol uchun bergan javobi qabul qilinmaydi.
  13. Savol-javoblar o‘ynalayotgan jarayonda jamoa a’zolarining o‘rnidan turishi, joy almashishi, boshqa jamoa vakillari yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishi, baland ovozda, boshqalarga xalaqit beradigan darajada shovqin qilishi va o‘yin jarayoniga oid bo‘lmagan boshqa xatti-xarakatlar qilishi taqiqlanadi, favqulotda xolatlar bundan mustasno. Bunday xolat aniqlangan taqdirda jamoaga ogohlantirish berilishi yoki 1 ochkodan 3 ochkogacha jarima ochkosi ushlab qolinishi mumkin. Agar ogohlantirish va jarima ochkolaridan keyin xam ushbu xolat takrorlanaversa, jamoa tanlovdan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor qilinadi.

G‘olibni aniqlash tartibi

  1. Har bir savolga bir ochkodan beriladi. Tanlovning yakuniy turida eng ko‘p ochko olgan jamoalar g‘olib sifatida topiladi. Bunda jamoalarning apellyatsiya natijasida olgan ochkolari xam inobatga olinadi.
  2. Agar sovrinli o‘rinlar uchun ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochko olsa, unda ular o‘rtasida birinchi to‘gri javobgacha qushimcha savollar beriladi. Sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilmaydigan bir nechta jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha o‘yin o‘tkazilmaydi.

Apellyatsiya tartibi

  1. Tanlovda yuzaga keladigan baxsli vaziyatlarni xal qilish uchun Apellyatsiya xayati (keyingi o‘rinlarda – AX,) tashkil etiladi.
  2. Quyidagi mazmundagi apellyatsiyalar qabul qilinadi:
  3. savolni noto‘gri deb xisoblash buyicha apellyatsiya – jamoaning savol matnida yoki javobida faktik xatolar borligi uchun savolni xisobdan chikarish to`g`risida qilgan murojaati.
  4. Boshqa mazmunda berilgan apellyatsiyalar (masalan, boshqa jamoalarning javobini xisoblash yoki xisoblamaslik buyicha) qabul qilinmaydi.

  5. Apellyatsiya berish uchun jamoadan 2 yoki undan ortik vakilning AX oldiga kelishi, yaqinlashishi, apellyatsiya jarayoniga aralishishi qat’iyan man etiladi. Ushbu xolatlar aniqlanishi bilan jamoa apellyatsiya berish xuquqidan mutlaqo maxrum etiladi va shu xolat yuz bergungacha apellyatsiya natijasida xisoblangan ochkolari xam bekor qilinadi.
  6. Apellyatsiya maxsus tayinlangan AX tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu jarayonga boshqa shaxslarning aralashishi taqiqlanadi.
    1. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayonida aniqlashtirish uchun internet vositalari yoki boshqa manbalardan foydalanish mumkin.

G‘oliblarni taqdirlash

  1. Intellektual tanlovda ishtirok etgan barcha jamoalarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
  2. Tanlovda g‘olib jamoa Filial tomonidan taqdirlanadi.

Joriy yilning 06.04.2023 yil kuni Kompyuter injiniringi fakultetida 1-2-3 kurs talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining guruxlar o‘rtasida saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 7 nafar jamoa tashkillandi. 1- o‘rinni tyutor R. Karimovning “Osmondagi bolalar” jamoasi 1-o‘rinni. Tyutor Sh.Raximovning “Muduza” jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Golib jamoalar fakultetlar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishmoqda!