TATU Farg’ona filialida Xotin-qizlar kengashi raisi va dekan maslahatchilari tomonidan 15-oktyabr — «Xalqaro qishloq ayollari kuni» munosabati bilan «Ilg’or tajriba — sohibalari» nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Farg’onamiz faxri bo’lgan O’zbekiston xalq qahramoni Lola Murodova yod etilib, uning izdoshlari, maslakdoshlari filialimiz mehmoni bo’ldi.
O’z tajribalarini bajonidil talaba qizlarga ulashgan: Toshloq tumani Zarkent qishlog’i fermer ayoli Alimova Jambulxon, «Maftuna luks oilaviy liboslar korxonasi» rahbari Akbarova O’lmasxon, Farg’ona viloyati «Lotos» oilaviy maishiy-xizmat korxonasi rahbari Akbarova Barnoxonlar tadbir qatnashchilarining alohida e’tirofiga tushdi.





