Unga koʼra, tavsiyanomaga ega boʼlgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʼyicha 2 000 ta qoʼshimcha grant oʼrinlari ajratildi.
Shuningdek, tavsiyanomaga ega xotin-qizlarga roʼyxatdan oʼtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʼlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish boʼyicha qoʼshimcha imkoniyat beriladi.