Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash” g‘oyasi asosida targ‘ibot tadbirlari o ‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida 21-yanvar kuni filialning katta majlislar zalida “2021-yil yangi marralar, yakdil qadamlar” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan o‘rin olgan g ‘oyalarni targ‘ib-tashviq etish maqsadida ma‘ruzalar tashkil etildi. Tadbirda filial direktori professor A.Rasulov, O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Tojiboev, Fakultet dekanlari B.Tolipov, A.Qodirov, Dekan o‘rinbosarlari A.Salmonov, N.Ibragimov, FarDU katta o ‘qituvchisi, PhD S.Yuldashev, Toshkent yuridik universiteti dotsenti G‘.Ermatov, FarDU katta o‘qituvchisi, PhD I.Siddiqov, FarDU katta o ‘qituvchisi, PhD I.Asatullaev, FarDU katta o‘qituvchisi A.Komilov, Filial matbuot kotibi, ATM xodimlari, 180 nafar talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan filial direktori professor A.Rasulov ochib berdi. Ma‘ruzalardan oldin videorolik namoyish etildi. Tadbir davomida 2021-yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb nomlanishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi sharhi hamda insonning o‘zi boshlagan ishida ixlos va hafsala qilishi, qo‘l urgan ishini yuqori sifatda bajarishi zarurligi to‘g‘risida talabalarga mutaxassislar tomonidan batafsil ma‘lumotlar berildi.
Tadbir davomida 2021-yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb nomlanishi sabablarini tushuntirish bo‘yicha mutaxassislar 5 ta yo‘nalishda ma’ruza qildilar. FarDU katta o‘qituvchisi, PhD S.Yuldashev “Murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida ilgari surilgan masalalar sharhi”, Toshkent yuridik universiteti dotsenti G‘.Ermatov “Murojaatnomada qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga doir belgilangan ustuvor yo‘nalishlar sharhi”, FarDU katta o‘qituvchisi, PhD I.Siddiqov “Murojaatnomadan o‘rin olgan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish borasidagi vazifalar sharhi”, FarDU katta o ‘qituvchisi, PhD I.Asatullaev “Murojaatnomada ijtimoiy sohani rivojlantirishga doir ilgari surilgan g‘oyalar sharhi”, FarDU katta o‘qituvchisi A.Komilov “Murojaatnomadan o‘rin olgan xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta‘minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo ‘nalishlar sharhi” mavzularida ma’ruzalar qilindi.
Ma’ruzalardan so‘ng maqsadlar sari harakatlanishda boshlagan ishlarimizda ixlos va hafsala qilish, qo‘l urgan ishlarimizni yuqori sifatda, bekamu-ko‘st bajarish zarurligini tarannum etuvchi videorolik namoyish etildi. Tadbir yakunida Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta‘limi fakulteti dekani, falsafa fanlari nomzodi, dotsent B.Tolipov Murojaatnomada ko‘tarilgan vazifalarni amalga oshirishga o ‘z hissasini qo‘shishga talabalarni da’vat qildi.