Mazkur musobaqa BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ning O’zbekistondagi Vakolatxonasi ko’magi bilan yoshlarni kasb-hunarga o’qitish, ish bilan taminlash va ishsizlik kabi masalalarga zamonaviy yechimlar topishga yo’naltirildi.
Ushbu tanlovda yoshlarimiz 72 soat davomida tanlangan yo’nalishlar bo’yicha muammolarni hal qilib, yechim berishlari kerak edi.
Jami 3 kishidan tuzilgan 40 ta jamoa o’z g’oyalari va loyihalarini taqdim etishdi.
Gʻolib jamoalarga zamonaviy va qimmatbaho noutbuk, planshet, smartfon hamda faol ishtirokchilar uchun smart-soat va quloqchinlar topshirildi.
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo_2024-04-30_17-17-03-1024x1024.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo_2024-04-30_17-17-04-2-1024x1024.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo_2024-04-30_17-17-04-3-1024x1024.jpg)