3 — dekabr — “ Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan aholining barcha imkoniyati cheklangan qatlamlarining holidan xabar olish, ular uchun bayram dasturxonlari tashkil qilish, targ‘ibot-tashviqot va madaniy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish yurtimizda an’ana tusiga kirgan. Ushbu bayram munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali «Kompyuter injiniring» fakulteti tyutori S.Babayev boshchiligida universitet talabalari bilan Farg‘ona shahrida joylashgan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi” da bo‘lib, bayram kechasida ishtirok etdilar. Bayram dasturxoni ustida mazkur davolash markazidagi barcha bemorlarni bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, esdalik sovg‘alarini ulashdilar.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati