QADRLI USTOZLAR, AZIZ HAMKASBLARIM VA TALABA-YOSHLAR!
Bugun yurtimizda eng qadrli va ulug’ sana «Konstitutsiya qabul qilinganligining 29 yilligi» munosib nishonlanmoqda. Bundan 29 yil muqaddam ezgu maqsadlar bilan qabul qilingan O’zbеkiston Rеspublikasining mazkur Konstitusiyasi xalqimizga eng to’g’ri yo’l ko’rsatguvchi dasturulamal bo’la olganligi — mamlakatning qudrati va salohiyatida o’zining har tomonlama namoyon qilmoqda.
Inson huquqlariga va davlat suvеrеnitеti g’oyalariga sodiq ravishda yozilgan hozirgi va kеlajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyat zimmasida bo’lgan bosh qomusimizning har bir moddasida o’zbеk davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasi mujassamdir.
To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir.
Bosh qomusimiz mamlakatimizda suveren demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyotimiz rivoji va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning asosiy huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqarashi butunlay oʻzgargani, har bir vatandoshimiz mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgani Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi.
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan shiorni qalbiga jo qilgan xalqimiz murakkab sinovlarni mardona yengib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot – yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida fidokorona mehnat qilmoqda.
Ana shu yo‘lda barchangizga kuch-quvvat tilab, yana bir bor barchangizni erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon hayotimizning huquqiy kafolati bo‘lgan konstitutsiyamizning 29 yillik tantanasi bilan tabriklayman!
Barchangizga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi muborak bo’lsin!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati