Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali majlislar zalida «Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o’rni» mavzusida ilmiy amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Seminar davomida kengash raisi Sh.G’aniyeva, ma’naviyat bo’limi xodimasi G.Sodiqova, dekan maslahatchilari, axborot-resurs markazi mutaxassisi X.Aripjanova, psixolog N.Muminova va barcha kafedralardan ayol professor o’qituvchilar hamda talaba qizlar ishtirok etdilar.
Yig’ilishda o’tgan yillarda xotin-qizlar kengashi tomonidan erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar haqida fikr yuritildi.
Yig’ilish so’ngida filial xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi Sh.G’aniyeva doktoranturada o’qishni boshlaganligi sababli uning o’rniga filialning xotin-qizlar maslahat kengashi raisi etib Telekommunikatsiya injiniringi assistenti G.Jo’rayeva nomzodi saylandi.