🇺🇿 Joriy yilning 24-25 fevral kunlari TATU Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi S.Jumayev TATU Farg‘ona filiali Kasaba uyushmasi a’zolari bilan birgalikda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun mohiyatini mehnat jamoalarida targ‘iboti, universitet va uning fililalari uchun yagona mazmundagi jamoa shartnomasini tuzish borasida davra suhbati o‘tkazildi.
📝 Suhbat davoimda barcha filial Kasaba uyushmalari zimmalariga katta mas’liyat yuklanayotganligi, shuningdek, barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan yagona Jamoa shartnomasi bilan tanishtirish, targ‘ibot ishlarini olib borishga alohida etibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
🔹 TATU Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi S.Jumayev tomonidan filIalda jamoa yig‘ilishi o‘tkazish, ikki tomonlama teng huquqli komissiya tuzish va 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan yagona Jamoa shartnomasi uchun yangi takliflarni kiritish vazifalari belgilandi.