Maʼlumki, joriy yilning 22-fevral kuni muhtaram Prezidentimiz raisligida raqamlashtirish boʻyicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Shu videoselektorda aytilgan masalalar yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori Farrux Muxammadovich Muxtarovning «ZAMONAVIY MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH — USTUVOR MAQSADIMIZ» nomli maqolasi Yangi Farg’ona gazetasining 20-sonida chop etildi.