🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bu – mening Konstitutsiyam» shiori ostida Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi, Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakultetlari hamda Sirtqi bo’limi talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.
🖇 Uchrashuvda Farg‘ona shahar hokimligi O ‘zbekiston xalq demokratik partiyasi deputati Husniddin Salohutdinov, Farg‘ona shahar Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bahodir Tohirjonovlar, Farg‘ona Shahar “Nodirabegim” MFY faollari hamda filial rahbari F.Muxtarov boshchiligida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov, tyutorlar va talaba yoshlar faol ishtirok etishdi.
🎗 Anjumanda Farg‘ona shahar Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bahodir Tohirjonov so‘zga chiqib, yoshlarning 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Referendumda faol ishtirok etishga chorladi.