Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari hamkorligida «TATU yoshlari Farg’onada, Yangi O’zbekiston osmoni ostida birlashmoqda» shiori ostida “Yangi g’alabalar – Farg’ona 2023” nomli, bir qancha sport turlari bo’yicha musobaqalarni o’z ichiga olgan tadbir bo’lib o’tmoqda.
Ayollar o’rtasida voleybol musobaqasi o’z yakuniga yetdi va unda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o’rin Urganch filiali;
2-o’rin Farg’ona filiali;
3-o’rin Nukus filiali;
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/10/photo_2023-10-12_21-18-36-1024x682.jpg)