Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash va diniy bag‘rikenglikni keng targ‘ib etishga qaratilgan «O‘zbekiston bag‘rikeng diyor» shiori ostida Farg’ona viloyati din ishlari qo‘mita vakillari hamda viloyat milliy madaniy markazlari vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Farg’оna viloyatidagi Slavyan, Tatar, Nemis, Turk, Tojik milliy madaniy markazlari vakillari va Farg‘ona viloyati Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Ilxomjon Mirzaahmedov ishtirok etdilar. Milliy madaniy markazlarining ansambl jamoalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar kuylandi.