Bektemir Meliqo‘ziyev TATU Farg‘ona filialida

TATU Fargʻona filiali tyutori Mavlonbek Meliqoʻziyev tashabbusi bilan O‘rta, ikkinchi o‘rta va yengil vazn toifalarida ishtirok etuvchi Professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev TATU Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi.

Bektemir Meliqo‘ziyev tashrifi davomida talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda talabalarga muvaffaqiyat yo‘li, ustozlariga ehtirom va vatanga sodiqlikni  yoshlarga tavsiyalari hamda yutuqlari haqida so‘zlab berdi.