«IT Ledies hamjamiyati» tomonidan tashkil qilingan «IT star» tanlovida TATU Fargʻona filialidan Axborot xavfsizligi kafedrasi oʻqituvchisi Sh.G’aniyeva, Dasturiy injiniring kafedrasi oʻqituvchilari Z.Ermatova va D.Abdurasulovalar ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar

2024-yil 11-may kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi «IT Ledies hamjamiyati» tomonidan tashkil qilingan «IT star» tanlovida TATU Fargʻona filialidan Axborot xavfsizligi kafedrasi oʻqituvchisi Sh.G’aniyeva, Dasturiy injiniring kafedrasi oʻqituvchilari Z.Ermatova va D.Abdurasulovalar ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Esdalik sovgʻalar, diplom va statuetka bilan taqdirlandilar.

Eslatib oʻtamiz, ushbu tanlovga 700 nafar talabgorlar ariza bergan va ulardan faqat 46 nafari taqdirlandi.