Hurmatli fuqarolar! Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi korxona, tashkilot, muassasa va aholi yashash xonadonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar, gaz havo aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq baxtsiz holatlarni oldini olish maqsadida ogohlantiradi:

  • Nosoz elektr va gaz jihozlaridan foydalanmang, bir vaqtning o‘zida bir elektr manbaiga bir nechta elektr jihozlarini ulamang, elektr manabaiga ulangan jihozlarni nazoratsiz qoldirmang;
  • Gaz va elektr jihozlarini o‘z vaqtida mutaxassislar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazing;
  • Yosh bolalarni olov bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang va ularni nazoratsiz qoldirmang;
  • Ish joylarida ish vaqti tugagandan so‘ng barcha elektr jihozlarini (yong‘in va qo‘riqlash signalizatsiyasi, avariya va navbatchi yoritish tizimi, texnologik jarayon talabiga binoan tunu-kun ishlovchi elektr uskunalaridan tashqari) elektr manbaidan uzib qo‘yishni unutmang;
  • Xonada gaz xidini sezsangiz chiroqni yoqmang, agarda yoniq bo’lsa o’chirmang, uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish choralarini ko’ring;
  • Gaz plitasidan xonani isitish maqsadida foydalanmang;

Yong‘in sodir bo‘lganda “101” raqamiga xabar bering.

Unutmang! Yuqoridagi kabi bir qarashda oddiy tuyulgan xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik, oxir-oqibat insonlarni turli darajada tan jarohati olishi, eng achinarlisi, bevaqt hayotdan ko’z yumishiga sabab bo‘lishi muqarrardir!

Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda

Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi

Profilaktika va nazorat bo‘linmasi              

inspektori katta leytenant S.Abbozov