«Men giyohvandlikka qarshiman» mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Muhammad al Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti dekani O.Otaqulov, direktor maslaxatchisi A.Usmonov, filial hamshiralari hamda tyutorlar tomonidan joriy yilning talaba-yoshlar ishtirokida «Men giyohvandlikka qarshiman» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

💉 Giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks ettirilgan videoroliklar namoyish etilib talaba-yoshlar fikr-mulohazalari tinglandi.

♻️ Tadbirdan ko’zlangan maqsad talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasi va suiste’moliga aralashib qolishlarining oldini olishga qaratilgan