TATU Farg’ona filiali va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamkorligida «Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali bosh mutaxassisi M.Maxmudov tashabbusi bilan TATU Farg‘ona filialining Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov, bo‘lim bosh mutaxassisi S.Kadirova hamda Qo‘qon shahar prokuraturasi prokuror yordamchisi X.Raximjonovlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv yuqori saviyada va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Ushbu uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad hozirgi kunda yurtimizda korrupsiya va uni oldini olish bo’yicha Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlarni mazmun mohiyati haqida talaba-yoshlarga yetkazishdir.