TATU Farg’ona filiali Axborot xavfsizligi kafedrasi soha-korxonalar bilan navbatdagi hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Adliya vazirligi huzuridagi Farg’ona viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimlari bilan bo’lib o’tgan hamkorlik uchrashuvida ikki tomon ma’sul vakillari o’rtasida o’zaro takliflar berib o’tildi.
Xususan, dual ta’lim, talabalarni amaliyot o’tashlari va tashkilotdagi axborot texnologiyalari sohasida dasturiy ta’minoti bo’yicha amaliy xizmatlarni bajarishga kelishib olindi.
Ikki tashkilot o’rtasidagi uchrashuv barcha tomonlar o’rtasida manfaatli bo’lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi va qiziqarli arxiv hujjatlari ko’rsatib o’tildi.