«Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-erkin va farovon hayot garovi» shiori ostida koʻrgazmali targʻibot tadbiri va davra suhbati oʻtkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filialining chora-tadbirlar rejasi 3-bandiga muvofiq, «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-erkin va farovon hayot garovi» shiori ostida koʻrgazmali targʻibot tadbiri va davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirga Fargʻona viloyati Maʼnaviyat targʻibotchisi Komilov Ziyodulla Hamidovich, Sharqiy harbiy okrug faxriylar ishlari boʻyicha kengash raisi Gʻiyosov Tojimirza Absidinovich, Fargʻona shahar Adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Tolipov Sherzod Xakimovich va Fargʻona shahri prokuror yordamchisi Ergashev Abdusalom taklif etildi.

Davra suhbati davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiya va uning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida talaba-yoshlarga tushunchalar berildi.