Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali professor — o’qituvchilari Tayanch TATU «SUN’IY INTELLEKT» kafedrasi tarkibidagi «Sun’iy intellekt va IOT texnologiyalari» laboratoriyasi ish faoliyati bilan tanishib kelish maqsadida TATU ga tashrif buyurdilar.
🤝Tashrif davomida Farg’ona filiali delegatsiyasi Sun’iy intellekt kafedrasi professori koreyalik olim Seungjik Lee janoblari bilan ham uchrashdilar. Hozirda ushbu olim quyidagi ishlar bilan ilmiy izlanish olib borayotkanligini ta’kidlab o ‘tdi:
1️⃣. Li-Fi (Light Fidelity) — bu ma’lumotlarni uzatish uchun ko’rinadigan yorug’likdan foydalanadigan simsiz aloqa texnologiyasi. Bu radio to’lqinlar orqali ma’lumotlarni uzatish sodir bo’lgan Wi-Fi-ga muqobildir. Li-Fi yorug’lik intensivligini inson ko’ziga sezilmaydigan yuqori tezlikda modulyatsiya qilish orqali ma’lumotlarni uzatish uchun yorug’lik chiqaradigan diodlardan (LED) va lazerlardan foydalanadi.
Bunda elektr signali (har hil turdagi) yorug’lik signaliga convert qilinadi va yorug’lik orqali uzatiladi va yana elektr signaliga o’tkaziladi va output qilinadi.
2️⃣. IoT va Cloud texnologiyalari yordamida masofadan ma’lumot qabul qilib olish shu ma’lumot asosida qurilmalarni boshqarish ya’ni haroarat haqidagi ma’lumot asosida konditsionerni yoqish va o’chirish.
3️⃣. IoT, Cloud va sun’iy intellect yordamida xonaga kirgan obyektni sezib uni rasmga olib xotiraga yozish va cloud kompyuterga yuborish hamda obyektni sun’iy intellekt yordamida aniqlash .
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi «Sun’iy intellekt va IOT texnologiyalari» laboratoriyasi ish faoliyati bilan tanishgan TATU Farg’ona filiali professor-o’qituvchilari, texnologiyalar sohasida yangi imkoniyatlar va istiqbollarni o’rganishga katta e’tibor qaratishmoqda.