Fargʻonada Yoshlar oʻrtasida “Kelajak oʻyinlari”(kibersport)ni ommalashtirish boʻyicha seminar tashkil etildi

TATU Fargʻona filialida oʻtkazilgan tadbirda Andijon viloyati, Namangan viloyati va Fargʻona shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari ishtirok etdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining AKT boʻyicha maslahatchisi Bobur Rahimov  seminarda soʻzga chiqib, quyidagilarni taʼkidladi:

“Kibersport bugungi kunda yoshlarning qiziqishlari va salohiyatini rivojlantirishda muhim vositaga aylanmoqda. U shaxsiy va jamoaviy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etuvchi zamonaviy platformadir. Shu sababli, kibersportni oliy taʼlim tizimida ommalashtirish va bu orqali yoshlarimizning intellektual va texnologik rivojlanishiga hissa qoʻshish muhim sanaladi”.