Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bayram tadbirida bir qator ayol-qizlar taqdirlandilar. Ular orasida TATU Farg‘ona filiali talabasi «Mushoira» klubi koordinatori G‘anieva Sohibaxon «Farg‘ona ayoli» ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lib, viloyat hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.


