Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Fargʻona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “InfoTeach — 2025” forumining birinchi kuni yakunlandi.
✅“InfoTeach — 2025” forumi doirasida informatika fani o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt, frilanserlik, olimpiada tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha treninglar tashkil etiladi.
👨👦👦Treninglarda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan tanishtirish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha maʼruzalar boʻlishi koʻzda tutilgan.



