Joriy yilning 18 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Farg‘ona filiali qoshidagi Akademik litseyda litsey o‘qituvchisi M.Ahronqulova va filial dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.Mirzaev hammualifligida yangi chop etilgan “O‘zbek tili” va “Adabiyot” (1-qism, 2-qism) o‘quv qo‘llanmalari litsey o‘quvchilari orasida taqdimot qilindi. Taqdimot jarayonida Akademik litsey direktori I. Mamajonov, litsey o‘qituvchisi M.Ahronqulova, filialning “O‘zbek tili va Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri A.Kadirov, filial dotsenti M.Mirzaev hamda Akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi. Taqdimot jarayonida yangi chop etilgan qo‘llanma oliy o‘quv yurtiga kirish istagida bo‘lgan barcha abiturientlar hamda o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘rganish istigida bo‘lgan, ona tili va adabiyot fanidan o‘z bilimlarini shakllantirish va mustahkamlash maqsadida foydalanishi mumkinligi yuzasidan tushntirishlar berildi. Shuningdek, ushbu yilgi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari jarayonidagi kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar berildi.