Prezidentimizning 2024- yil 20-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha, tarmoq korxona va tashkilotlarda kafedralar filiallarini tashkil etish va dual ta’limni yo‘lga qo‘yish boʻyicha chora — tadbirlar rejasi ijrosini taminlash maqsadida
TATU Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti, Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor — oʻqituvchilari xamda Telekommunkatsiya texnologiyalari yo‘nalishi 4-bosqich 630-21, 631-21, 637-21 guruh talabalari va “Uzbektelekom” AK Farg‘ona filiali 226-ATS etakchi mutaxasislari ishtirokida Farg‘ona kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan GPON shkafida amaliy ko‘chma dars mashg‘ulotlari oʻtkazildi.