🔖 Kuni kecha, Andijon davlat chet tillari institutida II an’anaviy Yoshlar akademiyasi forumi boshlandi. Forum doirasida Vodiy viloyatlari Oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilarining hamkorlik memorandumi imzolandi, ilmiy-amaliy anjuman hamda viloyatlar kesimida jamoalar tuzilgan holda «LinguaQuiz» o’yinlari, start up loyihalari taqdimoti o’tkazildi.
🏛 Mazkur forumda TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri O.Rayimdjonova rahbarligidagi 631-23 guruh talabasi Muhammadaziz Ro’zaliyev ham faol ishtirok etib estalik sovg’alar va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.


