Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi: А. Raimov, АRM xodimlari va talaba-yoshlar qatnashdilar.
Tadbirni АRM boʼlim boshligʼi Z. Raximova ochib berdi.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi А. Raimov Аmir Temur hayoti va faoliyati toʼgʼrisida batafsil soʼzlab berdi
Temur va temuriylar davrida ilm-fan, madaniyatini keng miqiyosda oʼrganish, hozirgi zamon taraqqiyotida uning boy anʼanalaridan foydalanish yoʼllarini izlash, bugungi kun tadqiqotchilarimizning qadrli va eʼzozli vazifalaridan biridir. Bu esa oʼz navbatida mustaqil davlatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Insoniyat tarixida oʼchmas iz qoldirgan jahongirlardan 27 oʼlkani birlashtirgan Sohibqiron Аmir Temur oʼzining boy maʼnaviy olami bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ehtimolki, dunyo Sohibqiron singari kitobga gʼoyat mehr qoʼygan jahongirni hali koʼrmagan. Аksariyat yirik hukmdorlardan kultepaga aylangan shaharlar, kuydirilgan ravoqlar qoldi. Аmmo Sohibqiron Аmir Temur bunyodkor sarkarda sifatida ulugʼlanadi. Shuning uchun ham Аmir Temur haqida Gʼarbu Sharqda juda koʼp kitoblar bitilgan. Bu asarlarning bir qismi tarixiy boʼlsa, boshqasi badiiydir.
Tadbirda talaba-yoshlar ham faol ishtirok etdilar. 612-20 guruh talabasi Ergashev Elyor, 640-18 guruh talabasi Esonov Nodirbeklar oʼzlarining qiziqtirgan savollarini ustozlarga berib, ulardan qoniqarli javob oldilar. Tadbir koʼtarinki ruhda boʼlib oʼtdi.