Bepul tayyorlov o‘quv kursiga taklif etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti bepul tayyorlov o‘quv kursiga taklif etadi.
Hujjatlar online tarzda 2025 yil 30 iyungacha qabul qilinadi.

📎Ishtirokchilar:
– barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlab 3- kusrga o’tgan, akademik qarzdorligi bo’lmagan talabalari;
– to’rt bosqichli tanlov asosida qabul qilinadi;

✍️Kurs mazmuni:
– raqamli texnologiyalar sohasida zamonaviy kasb «Data analitika»ni o‘rganish;

🪧Shakllantiriladigan ko‘nikmalar:
– data analitika;
– statistik tahlil;
– dasturlash asoslari;
– qaror qabul qilish asoslari;
– ingliz tili (IELTS Target  5.5);

⭐️Akademik mobillik:
– tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;

🔗Moddiy texnik ta’minot:
– noutbuk;
– internet ;
– darsliklar;
– issiq ovqat;
– stipendiya;
– amaliyotchi tyutorlar darslari.

🚀 Amaliyot:
– IT-park rezidentlari yordamida tashkil etiladi.